Ijtimoiy tarmoqlarda oʻz hayotini xavf ostiga qoʻyib, poyezd yoʻlini kesib oʻtgan haydovchi videosi tarqaldi

14:09 16 Aprel 2019 Jamiyat
2101 0

Ijtimoiy tarmoqlarda “Oʻzbekiston temir yoʻllari”ga qarashli poyezd harakatlanayotgani yoʻlni kesib oʻtgan “Kobalt” avtomobili videosi keng tarqaldi.

Poyezd harakatidan oldin avtomobil yoʻli vaqtinchalik berkilganini koʻrgan haydovchi qarama-qarshi yoʻnalishga oʻtib olib, poyezd yoʻlini kesib oʻtishga qaror qildi. Videoda qattiq signal chalib kelgan poyezd taxminan bir soniyadan keyin oʻsha yoʻlni kesib oʻtganini koʻrishimiz mumkin.

Hozircha IIV yoʻl-patrul xizmati va poyezd yoʻliga masʼul boʻlgan vakillar bu videoga munosabat bildirmagan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер