Ijtimoiy tarmoqlarda Andijonda bola oʻgʻrisi ushlangani toʻgʻrisida xabarlar tarqaldi

11:32 01 Avgust 2025 Jamiyat
180 0

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan “Andijon viloyati Shahrixon tumanida bola oʻgʻrisi ushlangani aytilmoqda” nomli videoxabarlar yuzasidan Andijon viloyati IIB rasmiy munosabat bildirdi.

Qayd etilishicha, ushbu videoxabarda aks etgan holat yuzasidan Andijon viloyati IIB tomonidan oʻrganish ishlar olib borildi. Ular hech qanday asosga ega emas.

Maʼlum boʻlishicha, joriy yilning 31-iyul kuni soat 15:40 larda “102” qisqa raqamiga Shahrixon tumani, Choʻja mahallasida yashovchi fuqaro Oʻrinboyev Gʻanisher tomonidan yashash xonadoniga nomaʼlum shaxs kirib olganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.

Mazkur xabar yuzasidan hudud profilaktika inspektori zudlik bilan voqea joyiga borib, holatga oydinlik kiritganda, ushbu fuqaro Shahrixon tumani, Boʻston MFY, Yangi qadam koʻchasida yashovchi, 2019-yildan buyon ruhiy kasalliklar (D) roʻyxatida turuvchi, 1986-yilda tugʻilgan, ruhiy nosogʻlom fuqaro ekanligi aniqlandi.

Ushbu fuqaro hudud profilaktika inspektori tomonidan shu kunning oʻzida Andijon viloyati psixonevrologiya dispanseriga davolanish uchun joylashtirilgan.

“Shu oʻrinda barcha ijtimoiy tarmoq faollaridan haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan maʼlumotlarni tarqatmasliklarini hamda rasmiy manbalarga tayanishlarini soʻraymiz”, deyiladi xabarda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер