Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlari modernizatsiya qilinadi

16:24 11 Aprel 2023 Hujjatlar
1036 0

“Ijtimoiy soha obyektlarining isitish tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–118-son, 10.04.2023-y.) qabul qilindi.

Qarorga koʻra:

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlaridagi 5 722 ta davlat ijtimoiy soha obyektining issiqlik taʼminoti tizimlarini xususiy sektor ishtirokida modernizatsiya qilinadi.

2023-yilda Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarining barcha tuman (shahar)larida davlat ijtimoiy soha obyektlarida isitish tizimlari davlat-xususiy sheriklik asosida modernizatsiya qilish ishlari boshlanadi.

1-iyungacha jalb qilingan loyiha institutlari koʻmagida tuman (shahar)lardagi ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik taʼminoti tizimini modernizatsiya qilish loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilib, davlat ekspertizasidan oʻtkazilishi taʼminlanadi.

Bunda, loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish va davlat ekspertizasidan oʻtkazish xarajatlari hududlar mahalliy byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.

1-iyulgacha tuman (shahar)larda davlat-xususiy sheriklik asosida ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik taʼminoti tizimini modernizatsiya qilish va boshqarish loyihalarining konsepsiyalari tasdiqlanadi.

1-avgustdan loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqilgan va loyiha konsepsiyalari tasdiqlangan tuman (shahar)lardagi ijtimoiy soha obyektlarining issiqlik tizimlarini davlat-xususiy sheriklik asosida bosqichma-bosqich modernizatsiya qilish ishlarini boshlanadi.

Ijtimoiy soha obyektlarida Oʻzbekistonda 1 yil sinovdan muvaffaqiyatli oʻtgan va xizmat qilish kafolati kamida 15 yilni tashkil qiladigan qozonlar oʻrnatiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер