Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan ayrim shaxslarga xorijga chiqish pasporti berganlik uchun davlat boji undirilmaydi
“Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–759-son, 14.03.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan biometrik pasport oʻrniga ID-kartalari joriy etilayotganligi sababli ayrim Kodekslar va qonunlarga ID-karta tushunchasi kiritildi.
Shuningdek, ID-kartalarni, xorijga chiqish biometrik pasportini yoʻqotganlik, ularni yaroqsiz holga keltirganlik uchun javobgarlik belgilandi.
Oila kodeksida bolalarning tugʻilishini qayd etish ota-onasining doimiy yashash yoki vaqtincha turgan joyidan qatʼi nazar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organlarida 1 oy ichida amalga oshirilishi belgilandi.
Shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarga nikoh qayd etilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyilishiga oid norma chiqarib tashlandi.
Yer davlat yoki jamoat ehtiyojlari uchun olib qoʻyilganda fuqarolarga uning oʻrniga berilayotgan uy-joy avvalgi uy-joyidan qimmatroq boʻlsa, farq qilgan qiymat fuqarolar tomonidan qaytarib berilmaydi.
Ilgari 5 yilda qaytarilishi lozim edi.
Ijtimoiy himoya yagona reyestriga kiritilgan shaxsga, shuningdek unga hamrohlik qiluvchi shaxsga xorijiy davlatda ixtisoslashgan tibbiy yordam koʻrsatilganda yoki jarrohlik amaliyoti oʻtkazilganda xorijga chiqish uchun biometrik pasportini berganlik uchun davlat boji undirilmaydi.
ID-karta berganlik uchun BHMning 89 foizi miqdorida boj undiriladi, xorijga chiqish uchun biometrik pasportni berganlik uchun esa BHMning 1 baravari miqdorida undiriladi (ilgari BHMning 1,2 baravari edi).
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring