“Ijtimoiy himoya fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash tartibi belgilandi
Hukumat qarori (715-son, 11.11.2025-y.) bilan “Ijtimoiy himoya fidoyisi” koʻkrak nishoni toʻgʻrisida»gi nizom tasdiqlandi. Bu haqida “Huquqiy axborot” Telegram-kanali xabar berdi.
Unda aytilishicha, mazkur nizom “Ijtimoiy himoya fidoyisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlash tartibini belgilaydi.
Maʼlum qilinishicha, koʻkrak nishoni bilan taqdirlash boʻyicha takliflar har yili 20-aprelga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligiga taqdim etiladi.
Komissiya xulosasi asosida har yili 20-mayga qadar Agentlik direktorining koʻkrak nishoni bilan taqdirlash toʻgʻrisidagi buyrugʻi chiqariladi.
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlanadigan shaxslarga har yili 1-iyun – Agentlik tashkil etilgan kun arafasida Agentlik direktori tomonidan koʻkrak nishoni tantanali ravishda topshiriladi.
Koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravari miqdorida bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofoti beriladi.
Bir yoʻla toʻlanadigan pul mukofotlari bilan bogʻliq xarajatlar Ijtimoiy himoya davlat jamgʻarmasi mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladi.
Shuningdek, koʻkrak nishoni bilan taqdirlash, istisno tariqasida, Agentlik direktorining buyrugʻiga asosan alohida holatlarda ham amalga oshirilishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring