Ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimi takomillashtiriladi
Joriy yilning 16-iyul kuni Hukumat qarori bilan “2025–2027-yillarda respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini yanada takomillashtirish” konsepsiyasi tasdiqlandi. Bu haqda “Huquqiy axborot” Telegram kanalida xabar berildi.
Konsepsiya respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida ichki nazorat tizimini takomillashtirishning ustuvor yoʻnalishlari, vazifalari, oʻrta va uzoq muddatli istiqboldagi rivojlanish bosqichlarini belgilaydi.
Konsepsiyaga koʻra, ichki nazorat tizimini rivojlantirish quyidagi yoʻnalishlarni oʻz ichiga oladi:
- nazorat muhitining yaxlit tizimini shakllantirish;
- xavflarni boshqarishning samarali tizimini joriy etish;
- nazorat jarayonlarining natijadorligini oshirish;
- axborot va kommunikatsiya tizimini takomillashtirish;
- ichki nazorat tizimini doimiy monitoring qilish hamda hisobdorlikni yanada mustahkamlash.
Ushbu ustuvor yoʻnalishlarini quyidagi mexanizmlar orqali amalga oshirish lozim:
- ichki nazorat tizimini tashkil etishni standartlashtirish maqsadida qonunchilik asoslarini takomillashtirish;
- ichki nazorat tizimini tashkil etishni yanada rivojlantirish;
- xodimlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimini rivojlantirish.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring