Ijro etuvchi hokimiyat organlari faoliyati samaradorligini baholash tizimi takomillashtiriladi
“Respublika va mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari hamda xoʻjalik birlashmalari faoliyati samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Prezident Farmoni (PF-49-son 13.03.2024 y.) qabul qilindi.
Unga muvofiq, respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari va xoʻjalik birlashmalari rahbarlari va ularning oʻrinbosarlari faoliyatining eng muhim samaradorlik koʻrsatkichlari (KRI), ularga erishish boʻyicha “yoʻl xaritalari” hamda ular tomonidan hududlarda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi Hukumat tomonidan tasdiqlanadi.
Samaradorlik koʻrsatkichlariga oʻz vaqtida va sifatli erishilishini taʼminlash va ularning bajarilishini monitoring qilish tizimini raqamlashtirish maqsadida:
— samaradorlik koʻrsatkichlari bajarilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot har chorakda “samaradorlik.uz” elektron platformasiga kiritiladi hamda unda rahbarlar va ularning oʻrinbosarlari faoliyatining samaradorligi reytingi shakllanadi;
— har bir samaradorlik koʻrsatkichiga belgilanadigan salmoq oʻlchovi yigʻindisidan kelib chiqib, samaradorlik koʻrsatkichlari ular bajarilishi 70 foizdan kam boʻlganda – “qoniqarsiz”, 70 foizdan 85 foizgacha – “qoniqarli”, 85 foizdan 100 foizgacha – “yaxshi” hamda 100 foiz va undan yuqori boʻlganda “aʼlo” deb baholanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Oʻzbekiston tasviriy sanʼat galereyasida Samarqand maktabining yangi nafasi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring