Ijro bor joyda intizom bor
Saminjon HUSANOV/“Xalq soʻzi”. Joriy yilning birinchi yarmida Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi tomonidan 3,4 trln. soʻmlik ijro hujjatlarining ijrosi tamomlandi. Buning uchun soliq qarzlari, ish haqi, bank va kommunal toʻlovlar, aliment hamda boshqa ijro hujjatlari boʻyicha amaliy ishlar bajarildi. Bu haqda byuroning viloyat boshqarmasida oʻtkazilgan matbuot anjumanida maʼlum qilindi.

— Faoliyatimizdagi eng ogʻriqli jihatlardan biri aliment masalasidir, — deydi boshqarma boshligʻi Ayubxon Alimov. — Hech kimning oilasi buzilib, farzandlar arosatda qolmasin. Zero, bu jamiyatga ham salbiy taʼsir koʻrsatadi. Biroq yilning oʻtgan davri mobaynida 89 mlrd. soʻm aliment pullari undirib berilganining oʻziyoq bu boradagi vaziyat jiddiy ekanidan dalolatdir. Shu oʻrinda har bir inson zimmasidagi masʼuliyatni chuqur his etishi zarur. Darz ketgan oila aʼzolari bilan olib borilgan targʻibot ishlari natijasida 1436 ta oilalarni yarashtirish, 988 nafar aliment toʻlovchilarni ishga joylashtirishga erishildi. Byuro bu borada faqat yuridik emas, balki insonparvarlik yondashuvini ham amalga oshirmoqda.
Soʻnggi yillarda byuro faoliyatini huquqiy jihatdan takomillashtirish maqsadida 5 ta qonun va qonunosti hujjatlari qabul qilindi. Ammo har qanday huquqiy islohotning samarasi, avvalo, fuqarolarning huquqiy madaniyati, oʻz burchi va javobgarligini toʻgʻri anglashiga bogʻliq ekanligini ham unutmaslik kerak.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring