Ijaraga olingan qishloq xoʻjaligi yerlarida yordamchi obyektlar qurishga ruxsat berildi
“Qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlardan foydalanish boʻyicha davlat xizmatlarini koʻrsatish tizimini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (594-son, 18.09.2025-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos obyektlarni joylashtirishdan oldin axborot tizimlari orqali ariza beruvchida ushbu uchastkasiga ijara huquqining mavjudligi, davlat yer kadastri boʻyicha yer uchastkasining jami maydoni tekshiriladi.
Ichki xoʻjalik yer tuzish loyihasida yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni yer uchastkasi tarkibidagi sugʻorilmaydigan yerlarga joylashtirish (qurish) nazarda tutiladi.
Chorvachilik yoʻnalishlarida ijaraga berilgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan sugʻorilmaydigan yerlarda 1 gektardan koʻp boʻlmagan, biroq ijaraga berilgan kontur maydonining 1 foizidan oshmagan qismida qishloq xoʻjaligiga xizmat koʻrsatuvchi obyektlarni joylashtirishga ruxsat etiladi.
Yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanishning asosiy turiga mos boʻlgan obyektlarni joylashtirishga yoʻl qoʻyiladigan ayni bir yer maydoni bir marta belgilanadi, kelgusida ushbu obyekt turini oʻzgartirishga xizmat koʻrsatuvchi yer maydonini oshirmaslik sharti bilan yoʻl qoʻyiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring