Izboskandagi masjidda yuz bergan hodisa oqibatida halok boʻlganlar soni va shaxsi ochiqlandi

Bugun, 31-mart kuni Andijon viloyati, Izboskan tumanidagi masjidlardan birining hududida chaqnash sodir boʻlgani haqida xabarlar tarqaldi.
Oʻzbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vazirligi Andijon viloyati, Izboskan tumani “Mirzo Ulugʻbek” MFY, Yangibozor koʻchasida joylashgan masjid hududida yuz bergan hodisa boʻyicha qoʻyimcha maʼlumot berdi.
Unga koʻra, hodisa 31-mart kuni soat 12:19 da Andijon viloyati, Izboskan tumani “Mirzo Ulugʻbek” MFY, Yangibozor koʻchasida joylashgan masjid hududidagi tahoratxonada gaz-havo aralashmasining chaqnashi sodir boʻlgan. Chaqnash oqibatida 3 nafar fuqaro M. Abdullayev, J. Anvarov va B. Burxonovlar halok boʻlgan, 10 nafar fuqaro Gʻ. Toyloqov, A. Abdirayimjonov, H. Zuxriddinov, I. Raximov, M. Mamaturaimo v, I. Shomurodov, K. Qosimov, U. Boltaboyev, M. Abduraxmonov va M. Boltaboyevlar tan-jarohati olib, shifoxonaga yuborilgan.
Voqea joyiga viloyat hokimi, FVB, IIB, MG, SSB, prokuratura va “Hududgaztaʼminot”, tuman FVDqT xizmatlari kuch, vositalari yetib borib, hodisa oqibatlari bartaraf etilmoqda.
Hodisa sodir boʻlganligi xabar qilinganida vodiyda boʻlib turgan Bosh vazir oʻrinbosari O.Ramatov hamda Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor B.Qudratxoʻjayev Izboskan tumaniga yetib borgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring