Izboskanda yangi sport klubi ish boshladi

15:03 02 Dekabr 2021 Jamiyat
601 0

Foto: “Xalq soʻzi”

Andijon viloyati Izboskan tumanida yangi sport majmuasi qurilib, foydalanishga topshirildi. Sport ustasi Jahongir Kenjayev tomonidan tashkil etilgan “KENJAYEV FIGHT CLUB”da bir paytning oʻzida 200 nafar sportchi mashgʻulotlarda ishtirok etishi mumkin.

– Andijon viloyatida sportning yakka kurash turlari keng rivojlangan,– deydi Olimpiya oʻyinlari chempioni Muhammadqodir Abdullayev. – Bu yerda yaratilgan tajriba maktabi jahon sporti olamida tan olingan. Ana shu ishonchni boy bermaslik uchun yosh sportchilarga yaratilgan sharoitni jahon talablariga mos ravishda shakllantirish kerak.  Bugun Izboskan tumanida ish boshlagan klubning imkoniyatlari ham katta. Umid qilamanki, bu yangi chempionlarni kashf etishda qoʻl keladi.

500 mln. soʻm mablagʻ evaziga barpo etilgan majmuada sportning toʻrtta turi boʻyicha mashgʻulotlar yoʻlga qoʻyildi. Unda xalqaro musobaqalarni tashkil etish uchun ham imkoniyatlar mavjud.

Saminjon HUSANOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер