Izboskan tumanida joylashgan masjidda yuz bergan portlash yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Izboskan tumanidagi masjidda yuz bergan portlash yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Bu haqida Andijon viloyati Prokuraturasi maʼlum qildi.
Unga koʻra, Izboskan tumanda joylashgan “Axmadali xoji” masjidining tahoratxona binosi yertoʻlasida isitish moslamalariga ulangan gaz quvurlaridan sizib chiqqan tabiiy gaz, xona ichiga toʻplanib qolishi natijasida, elektr energiyasi yoqilgan vaqtda chaqnash sodir boʻlib, bino qulab tushgan.
Natijada bino ichida boʻlgan 10 nafari shaxslar turli darajada tan-jarohatlari olgan va 3 nafar shaxslar voqea joyida vafot etgan.
Maʼlum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Andijon viloyat prokuraturasi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 205, 259-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, dastlabki tergov harakatlari boshlab yuborilgan.
“Tergov harakatlari davomida barcha holatlar toʻliq oʻrganilib, qonuniy qaror qabul qilinishi taʼminlanadi” deyiladi Prokuratura xabarida.
Maʼlumot uchun, mazkur baxtsiz hodisa oqibatida 3 nafar fuqaro M. Abdullayev, J. Anvarov va B. Burxonovlar halok boʻlgan, 10 nafar fuqaro Gʻ. Toyloqov, A. Abdirayimjonov, H. Zuxriddinov, I. Raximov, M. Mamaturaimo v, I. Shomurodov, K. Qosimov, U. Boltaboyev, M. Abduraxmonov va M. Boltaboyevlar tan-jarohati olib, shifoxonaga yuborilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring