Iyunda Oʻzbekiston isteʼmol bozorida narxlar pasaydi
2025-yil iyun oyida Oʻzbekiston isteʼmol bozorida narxlar oʻrtacha 0,2 foizga pasaydi. Bu haqda Milliy statistika qoʻmitasi maʼlum qildi. Qoʻmita hisob-kitobiga koʻra, yillik isteʼmol narxlari indeksi (INI) 108,7 foizni tashkil etdi. Bu koʻrsatkich oʻtgan yilning iyun oyiga nisbatan 1,9 foiz bandga kamaygan. 2024-yil iyun oyida INI 110,6 foiz boʻlgan edi.
Hisobot davrida oziq-ovqat mahsulotlari narxlari oʻrtacha 1,1 foizga arzonlashgan. Bunga qaramasdan, nooziq-ovqat tovarlari narxlari 0,2 foizga oshgan. Shuningdek, aholiga koʻrsatiladigan pullik xizmatlar narxi 0,8 foizga qimmatlashgani qayd etildi.
Statistik kuzatuvlar doirasida mamlakat boʻylab 10 mingdan ortiq savdo va xizmat koʻrsatish nuqtalarida 170 mingga yaqin narxlar qayd etilgan. Jumladan, 420 turdagi oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlari hamda 90 turdagi xizmatlar narxlari muntazam monitoring qilingan.
Mutasaddilarning taʼkidlashicha, ushbu raqamlar narxlar barqarorligini taʼminlash va inflyatsiyani nazorat qilish boʻyicha koʻrilayotgan chora-tadbirlar samarasini koʻrsatadi. Shu bilan birga, ayrim xizmatlar va nooziq-ovqat mahsulotlari segmentida narxlar oshishi davom etmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring