Iyul sayyoramiz tarixida eng issiq oy boʻlgani aytilmoqda
2021-yilning iyul oyi sayyoramizda ob-havo kuzatuvi boshlangandan, yaʼni 1880-yildan buyon tarixdagi eng issiq davr sifatida qayd etildi, deb xabar bermoqda Milliy okeanshunoslik va atrof-muhit tadqiqotlari boshqarmasi (NOAA).
Boshqarma mutaxassislari yozning oʻrtasi odatda yilning eng issiq davri hisoblanishini ham taʼkidlab oʻtishgan.
“Sayyoramizda ob-havoni kuzatish boshlangandan buyon, bu yilgi iyul tarixdagi eng issiq oy sifatida qayd etildi”, — deyiladi tashkilot saytida.
Maqolada yozilishicha, iyul oyidagi harorat Shimoliy Amerikaning ayrim hududlari, Janubiy Amerikaning shimoliy va janubiy qismlari, Shimoliy Afrika, Osiyoning janubiy qismi, Okeaniya hamda Tinch, Atlantika va Hind okeanining gʻarbiy va shimoliy qismining arim hududlarida harorat oʻrtachadan yuqori boʻldi.
Olimlarning hisob-kitobicha, 2021-yil iyul oyida quruqlik va okean yuzasida harorat oʻtgan asrda qayd etilgan oʻrtacha haroratdan taxminan bir daraja yuqori boʻlgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring