Iyul oyida eng koʻp piyoda yurib eng koʻp mablagʻni qoʻlga kiritgan fuqaro aniqlandi
Yurtdoshlarimiz orasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etishga xizmat qiluvchi “Sogʻlom turmush tarzi” (1hls.uz) platformasida iyul oyi yakunlariga koʻra gʻoliblar aniqlandi.
Eslatib oʻtamiz, platformada Oʻzbekiston Respublikasining 18 yoshdan oshgan fuqarolari piyoda yurish va yugurish ilovasidan foydalanib, oʻz imkoniyatlarini sinovdan oʻtkazishi hamda oʻzlariga tegishli mukofot pullarini qoʻlga kiritishlari mumkin.
Iyul oyida ham respublikamiz boʻyicha tumanlar kesimida 203ta gʻolib aniqlandi. Afsuski, bu safar ham uchta tuman aholisi platformadan foydalanishmadi.
2021-yilning iyul oyi yakunlariga koʻra gʻoliblik yana Toshkent shahri vakiliga nasib etdi. Yashnobod tumanida istiqomat qiluvchi 34 yoshli Toirov Ulugʻbek Shomuhiddinovich oʻtgan oy davomida respublikamiz boʻyicha eng koʻp, yaʼni 1 888 231 qadam bosib oʻtgan. U tuman va shahar bosqichlarida ham eng koʻp yurgan inson sifatida umumiy miqdorda 1 mln. 800 ming soʻmdan koʻproq mablagʻga ega boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring