“Ittifoq”da shifo maskani foydalanishga topshirildi

13:21 11 Noyabr 2024 Jamiyat
242 0

Said DONISHEV/“Xalq soʻzi”. Jizzax shahridagi “Ittifoq“ mahallasi hududida joylashgan terapiya va bolalar boʻlimi qayta taʼmirlanib, foydalanishga topshirildi. Shu munosabat oʻtkazilgan ochilish marosimida shahar hokimi Komil Xolmurodov, tegishli tashkilot va muassasa rahbarlari, mahalla nuroniylari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda soʻz olganlar mamlakatimizda barcha soha va tarmoqlar qatori aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilayotgan alohida eʼtibor tufayli yurtimizda xalqaro talab va andozalarga mos tizim yaratilgani va bu borada ishlar jadallik bilan davom ettirilayotganini taʼkidlab oʻtishdi.

Aytish joizki, foydalanishga topshirilgan terapiya va bolalar boʻlimi zamon talablariga mos, jahon standartlari asosida qurilgan boʻlib, bu yerda fuqarolar uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?