ITKF Karate-do boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkazildi. Gʻoliblar Osiyo chempionatiga boradi

13:16 17 May 2021 Sport
1220 0

Kuni kecha Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida ITKF Karate-do sport turi boʻyicha Oʻzbekiston chempionati oʻtkazildi.

Musobaqalarda TDPU rektori Alisher Umarov, Oʻzbekiston ITKF Karate-do Federatsiyasi raisi Shuhrat Kushmuratov soʻzga chiqib barcha ishtirokchilarga omad tiladi.

Bellashuvlarda respublikaning barcha hududlaridan kelgan, jami 150dan ortiq sportchilar oʻz mahoratini sinovdan oʻtkazdilar

Eʼtiborlisi, ular orasida Toshkent davlat pedagogika universiteti talabalari gʻoliblikka daʼvogarlar qatoridan joy oldi.

Gʻolib boʻlgan sportchilar Turizm va sport vazirligi tomonidan diplom va medallar bilan taqdirlandi hamda milliy terma jamoa safiga qabul qilindi.

Eng muhimi, gʻoliblar avgust oyida Indoneziyaning Jakarta shahrida boʻlib oʻtadigan Osiyo chempionatida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi.

Yana bir ahamiyatli jihati shundaki, mazkur chempionatda universitetga biriktirilgan mahalla yoshlaridan 15 nafari qatnashdi. Bu yoshlar Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida tashkil etilgan sport toʻgaraklarining doimiy aʼzolari hisoblanadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?