ITIC prezidenti: Oʻzbekistonning iqtisodiy transformatsiyasi mintaqa xavfsizligi va farovonligini taʼminlashning eng yaxshi namunasi va modellaridan biridir

20:15 15 Iyul 2022 Siyosat
665 0

Foto: AP

Xalqaro soliqlar va investitsiyalar markazi (ITIC) prezidenti Daniel Vitt BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan Markaziy va Janubiy Osiyo oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikni mustahkamlash boʻyicha maxsus rezolyutsiya haqidagi fikrlarini bildirdi.

Rezolyutsiya BMT Bosh Assambleyasi tomonidan Oʻzbekiston Prezidenti tashabbusi bilan 2021-yil iyul oyida Toshkentda oʻtkazilgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy oʻzaro bogʻliqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiyadan roppa-rosa bir yil oʻtib qabul qilindi. Men ushbu xalqaro anjumanda qatnashish sharafiga muyassar boʻlgan edim. BMT rezolyutsiyasi oʻzaro bogʻliqlik BMTning 2030-yilgacha Barqaror rivojlanish maqsadlariga erishishning yagona yoʻli ekanini koʻrsatmoqda.

Xavfsizlik va oʻzaro bogʻliqlik investitsiyalarni ragʻbatlantiradi. Soʻnggi yillarda biz kuzatayotgan Prezident Shavkat Mirziyoyev rahnamoligida Oʻzbekistonning iqtisodiy transformatsiyasi mintaqa xavfsizligi va farovonligini taʼminlashning eng yaxshi namunasi va modellaridan biridir.

Soʻnggi 25 yil ichida Gʻarbiy Afrika va Janubi-Sharqiy Osiyoda mintaqaviy iqtisodiy institutlarni shakllantirish uchun mamlakatlar qanday birlashishi mumkinligiga guvoh boʻldik. Savdo va investitsiyalarning ushbu modeli Markaziy va Janubiy Osiyoda takrorlanishi mumkin. AQSH, Yevropa Ittifoqi, Hindiston, Xitoy va Rossiya barqarorlik va investitsiyalar oqimini taʼminlash yoʻlida kuchlarni birlashtirganini koʻrishimizga umid qilaman.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning mintaqaviy aloqalarni mustahkamlash borasidagi tashabbusi doirasida Oʻzbekiston boshqa davlatlar uchun yana bir bor yorqin namuna boʻlib xizmat qilayotganini alohida taʼkidlashni istardim. “Economist” jurnali 2019-yilda Oʻzbekistonni “yil mamlakati” deb eʼlon qilganini yaxshi eslayman. Oʻzbekiston Prezidenti tomonidan inson huquqlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va oʻzgarishlar bu sohada salmoqli natijalarga erishish uchun nimalar qilish zarurligiga ijobiy misol boʻla oladi.

Mintaqaviy aloqalarni yanada mustahkamlash uchun, avvalo, oʻzaro manfaatli iqtisodiy hamjamiyat va erkin savdo hududlarini yaratish zarur.

Ikkinchidan, 20 yildan ortiq vaqt davomida Oʻzbekistonni Hind okeani bilan bogʻlaydigan temir yoʻl qurilishi haqida muzokaralar olib borilmoqda. Menimcha, ushbu temir yoʻl qurilishi loyihasini kechiktirmasdan amalga oshirish kerak. Ushbu loyiha byudjeti 4-6 milliard dollar atrofida baholanayotganidan xabarimiz bor. Bu mablagʻ tinchlikni mustahkamlash va farovonlikni taʼminlash uchun iqtisodiy imkoniyatlarni oshirish yoʻlida arzimagan miqdordagi mablagʻdir.

Uchinchidan, mintaqadagi barcha davlatlar soliq va bojxona organlari faoliyatini raqamlashtirishi kerak. Bu tovarlar va investitsiyalarning erkin oqimini qoʻllab-quvvatlaydi, shuningdek, korrupsiyani kamaytirish va byudjet uchun daromad olish uchun platformaga aylanadi.

Mintaqaviy va iqtisodiy xavfsizlik Markaziy va Janubiy Osiyoni bir mintaqaga birlashtirishga xizmat qiladi. Bu esa tinchlik va farovonlikning garovidir.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер