Italiyalik mashhur qoʻshiqchi Botir Zokirovning “Maftun boʻldim” qoʻshigʻini kuyladi
Italiyalik mashhur soprano Tereza Sparako Oʻzbekiston xalq artisti Botir Zokirovning “Maftun boʻldim” qoʻshigʻini yangi talqinda ijro qildi.
Oʻzbekiston diplomatik missiyasi tashabbusi bilan italiyalik soprano Tereza Sparako tomonidan ijro qilingan “Maftun boʻldim” qoʻshigʻi Neapol hududiy milliy telekanali — “Partenope TV” da efirga uzatildi.
Qoʻshiq ijro etilgan sahnadagi yirik ekranda Oʻzbekistonning sayyohlik salohiyati, qadimiy obidalari va shaharlariga bagʻishlagan videolavha namoyish etildi.
“Ushbu qoʻshiqni kuylashimga Oʻzbekistonga va mamlakatingiz sanʼatiga boʻlgan yuqori qiziqishim sabab boʻldi. Bundan avval ham Oʻzbekistonning Italiyadagi elchixonasi tomonidan tashkil etilgan bir qator madaniy tadbirlarda oʻzbek kuy-qoʻshiqlarini ijro etganman”, — dedi Tereza Sparako.
Tereza Sparako 1968-yil Kazerta shahrida tugʻilgan. U professional qoʻshiqchilar Mariya Raneri, soprano Gloriya Vardaci, tenor Franchesko Malapenadan taʼlim olgan. Neapoldagi San-Karlo teatri va Kazertadagi Qirollik saroyida konsert bergan. Shuningdek, Tereza Sparako “Caruso”, “Amici della Musica” singari mahalliy va xalqaro tanlovlar laureati hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring