Italiya oʻsmirlar terma jamoasi Jahon chempionati bronza medaliga ega chiqdi
Bugun, 27-noyabr kuni Qatar mamlakati mezbonligi ostida oʻtayotgan 17 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Jahon chempionati musobaqasining uchinchi oʻrin uchun bellashuv boʻlib oʻtdi.
Ushbu bahsda Italiya oʻsmirlar terma jamoasi braziliyalik tengdoshlariga qarshi maydonga chiqdi. Uchrashuvning asosiy vaqti 0:0 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi.
Penaltilar seriyasida esa Braziliya oʻsmirlar terma jamoasi futbolchilari Luiz Felipe Pacheko va Luiz Guyedesh zarbada adashdi. Bundan foydalangan italiyanlar esa seriyada 4:2 hisobiga gʻalaba qozondi.
Shu tariqa musobaqaning nimchorak finalida Oʻzbekiston U-17 terma jamoasini magʻlub etgan Italiya termasi turnirni bronza medali sohibi sifatida yakunladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring