Italiya Xitoyning “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusidan chiqdi — “Corriere della Sera”
Illyustrativ foto
Italiya Xitoyning “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusidan chiqdi. Tegishli nota diplomatik kanallar orqali uch kun oldin Xitoy hukumatiga yuborilgan. Bu haqda Italiyaning “Corriere della Sera” gazetasi xabar bermoqda.
Nashrga koʻra, ushbu hujjat erishilgan kelishuvlarga muvofiq bir necha haftalik maxfiy muzokaralar va baʼzi diplomatik tushunmovchiliklardan soʻng tugʻilgan. Shu bilan birga, gazetaning taʼkidlashicha, Rim oʻz qarorida Xitoy bilan oʻn yildan ortiq vaqtdan beri mavjud boʻlgan strategik sheriklikni saqlab qolish va mustahkamlash istagini yana bir tasdiqlagan.
Shu oʻrinda eslatib oʻtamiz, Italiya “Bir makon, bir yoʻl” tashabbusiga qoʻshilgan yagona G7 davlati edi.
Oʻz navbatida, Xitoy hukumat vakili Italiyaning ushbu loyihadan chiqishi haqidagi OAV soʻrovlariga izoh berishdan bosh tortdi.
Avvalroq, Italiya tashqi ishlar vaziri va bosh vazir oʻrinbosari Antonio Tajani hukumat Xitoy bilan yaxshi munosabatlarni davom ettirish bilan birga, “Bir makon, bir yoʻl” loyihasidan chiqish imkoniyati baholayotganini bir necha bor taʼkidlagandi.
Italiyaning tashabbusga qoʻshilish imkonini beruvchi oʻzaro anglashuv memorandumi 2019-yil mart oyida Xitoy va Italiya rahbarlari tomonidan imzolangandi. Shu orqali Italiya Yevropa Ittifoqining taʼsischi davlatlari orasida birinchi boʻlib Xitoy investitsiya dasturi loyihalarida ishtirok etishga tayyorligini rasman tasdiqlagan edi.
Oʻsha paytda Rimning bu qarori Bryussel va Vashington tomonidan tanqid qilindi va Italiya shoshilinch qadamning oqibatlaridan ogohlantirildi.
Natijada, Italiyaning oʻsha paytdagi Bosh vaziri Juzeppe Konte Italiyaning loyihadagi ishtiroki Xitoyga milliy eksportni koʻpaytirish uchun zarur ekanligini, ammo milliy manfaatlarga hech qanday tahdid solmasligini va Yevropa Ittifoqi strategiyasiga toʻliq mos kelishini taʼkidlagandi.
“Bir makon, bir yoʻl” Xitoyning Markaziy Osiyo, Yevropa va Afrikaning 60 dan ortiq davlatlarini bogʻlovchi mavjud savdo va transport yoʻlaklarini takomillashtirish va yangi imkoniyatlarni yaratish boʻyicha xalqaro tashabbusi boʻlib, ular Xitoy bilan savdo aloqalarini rivojlantirishga xizmat qiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring