IT inkubatsiya markazini EPC+F modeli asosida barpo etish loyihasi amalga oshirilmoqda
IT inkubatsiya markazi qariyb bir gektar maydonni egallab, loyiha EPC+F (muhandislik, taʼminot, qurilish va moliyalashtirish) modeli asosida Xitoyning Oʻzbekistondagi “Shanghai Construction Group” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
“Raqamli Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar doirasidagi ushbu loyiha mintaqaviy raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish, innovatsion sohalarni shakllantirish hamda iqtidorli mutaxassislarni tayyorlash uchun mustahkam zamin yaratadi. Shuningdek, u Oʻzbekiston va Xitoy oʻrtasida raqamli iqtisodiyot, raqamli sanoat infratuzilmasi hamda texnologik hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
EPC+F modeli asosida barpo etilayotgan IT sanoati inkubator binolari loyihalash, dizayn, xarid, qurilish va moliyalashtirish jarayonlarini yagona tizimda qamrab oladi. Loyihani rejalashtirish, tizimlashtirish, muhandislik boshqaruvi hamda xavfsizlik standartlariga rioya etish ishlari milliy qonunchilik talablari va xalqaro muhandislik amaliyotiga toʻliq muvofiq tarzda amalga oshiriladi.
Majmuada startap loyihalarni qoʻllab-quvvatlash, zamonaviy bilim va koʻnikmalarga ega kadrlarni tayyorlash uchun zarur barcha shart-sharoitlar yaratiladi. Bu esa hududda axborot texnologiyalari sohasini jadal rivojlantirish, yangi ish oʻrinlari yaratish hamda iqtisodiyot tarmoqlarining raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qiladi.
Abdulaziz YOʻLDOSHEV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda inson aʼzolarini 3D bioprinterda chop etish imkoniyati yaratilmoqda
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Kotrina Kulbite — Litvaning “Eng yaxshi ayol murabbiyi”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring