Istanbuldagi bosh konsulxona Turkiyada boʻlib turgan oʻzbekistonliklarga jiddiy ogohlantirish bilan chiqdi
Soʻnggi paytlarda ayrim jinoiy guruhlar Oʻzbekiston fuqarolariga katta pul mukofoti vaʼda qilib, ularni Yevropa Ittifoqiga, asosan Gretsiyaga noqonuniy muhojirlarni dengiz orqali oʻtkazishda vositachi sifatida ishlatishga harakat qilishmoqda, deb xabar bermoqda Istanbuldagi bosh konsulxona.
Taʼkidlanishicha, hozirgi vaqtda bunday noqonuniy faoliyatga jalb qilingan fuqarolar Turkiya qonunchiligiga koʻra, jinoiy javobgarlikka tortilib, uzoq muddatga ozodlikdan mahrum etilishi belgilangan.
Shuningdek, Bosh konsulxona ayni vaqtda Turkiyada boʻlib turgan Oʻzbekiston fuqarolarni noqonuniy migratsiyaga koʻmaklashishning oqibatlaridan ogohlantirgan.
Unga koʻra, noqonuniy migratsiyani amalga oshirishda koʻmaklashish 10-yilgacha ozodlikdan mahrum etish, ogʻir jarimalar va deportatsiya, Turkiyada doimiy yashash va ishlash huquqidan mahrum boʻlish hamda Turkiya va Yevropa mamlakatlariga kirish taqiqlari bilan jazolanishlari mumkin.
“Bosh konsulxona fuqarolarimizdan turli noqonuniy vaʼda va tavsiyalarga ishonmaslikni qatʼiy tavsiya qiladi”, — deyiladi xabarda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring