“Istanbul Bashakshehir” jamoasi durang oʻynadi
Kecha, 31-yanvar kuni Turkiya Superligasining 20-turidan oʻrin olgan bahslar start oldi. Kun doirasida oʻrin olgan oʻyinda “Istanbul Bashakshehir” jamoasi oʻz maydonida “Rizespor” klubini qabul qildi.
Uchrashuv 2:2 hisobidagi durang natija bilan yakunlandi. Oʻyinda hisob 19-daqiqada Eldor Shomurodov tomonidan ochildi. Ushbu gol Eldorning joriy mavsum Turkiya Superligasidagi 14-goli boʻldi. Birinchi boʻlimga hakam tomonidan qoʻshib berilgan daqiqalarda Taxa Shahin muvozanatni tikladi.
Ikkinchi boʻlimning 68-daqiqasida mehmonlar aʼzosi Valentin Mixayla hisobni 1:2 koʻrinishiga keltirdi. 74-daqiqada “Bashakshehir” futbolchisi Bertugʻ Yildirim bahsdagi soʻnggi golni kiritdi.
Shu tariqa oʻyin durang natija bilan yakunlandi. Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev uchrashuvni asosiy tarkibda boshlashdi. Shomurodov oʻyinni toʻliq oʻtkazgan boʻlsa, Fayzullayev 63-daqiqada zaxiraga olindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring