“Istanbul Bashakshehir” Konferensiyalar Ligasi saralashida Bolgariya klubidan ustun keldi
Foto: “Bashakshehir” / Instagram
Kecha UYEFA Konferensiyalar Ligasining ikkinchi saralash bosqichi doirasida Turkiyaning “Bashakshehir” klubi Bolgariya mamlakatining “Cherno More” jamoasini qabul qildi.
Jamoalar oʻrtasidagi dastlabki toʻqnashuv 1 hafta oldin Varnada oʻtgan va ushbu bahsda turklar 0:1 hisobida gʻalaba qozongandi.
Bu gal ham gʻalaba “istanbulliklar” tomonida boʻldi. “Bashakshehir” raqibini 4:0 hisobida magʻlub etdi. Gollarga Nuno da Koshta, Migel Krespo, Operi va Ivan Brnich mualliflik qildi.
Oʻzbekiston terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov ikkinchi taymning 58-daqiqasida zaxiradan maydonga tushdi. Abbosbek Fayzullayev esa oʻyin qaydnomasiga kiritilmadi.
Maʼlumot uchun, “Bashakshehir” endi musobaqaning 3-saralash bosqichi doirasida Norvegiyaning “Viking” klubiga qarshi oʻynaydi. Mazkur 7-avgust sanasida boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring