“Istanbul Bashakshehir” ishonchli hisobda gʻalaba qozondi
Kecha, 27-fevral kuni Turkiya Superligasining 24-turidan oʻrin olgan bahslar start oldi. Kun doirasidan oʻrin olgan uchrashuvda “Konyaspor” klubi “Istanbul Bashakshehir” mehmoni boʻldi.
Uchrashuv mezbonlarning 2:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oʻyinda kiritilgan har ikki golga “istanbulliklar”ning germaniyalik hujumchisi Davi Zelke mualliflik qildi.
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi aʼzolari Eldor Shomurodov va Abbosbek Fayzullayev oʻyinni asosiy tarkibda boshladi va toʻliq 90 daqiqa harakat qildi.
Abbosbek Fayzullayevning harakatlari “Sofascore” portali tomonidan 7,4 ballga baholandi. Eldor Shomurodovning oʻyini esa portal tomonidan 7,3 ball bilan siylandi.
Maʼlumot uchun, “Istanbul Bashakshehir” jamoasi keyingi oʻyinini Turkiya Kubogi doirasida “Trabzonspor”ga qarshi oʻtkazadi. Uchrashuv 3-mart sanasida boʻlib oʻtadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boshlandi
- Uyushgan jinoyatchilik va kiberjinoyatlarga qarshi kurashish takomillashtiriladi
- AQSH Hoʻrmuz boʻgʻozida kemalarni kuzatib borishni boshlashi mumkin
- 14-mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring