Issiqlik taʼminoti va issiq suv
Andijon viloyatida markazlashgan issiqlik taʼminoti qayta ishga tushirildi. Oʻtgan yili shaharda 5 ta kichik daha, 30 dan ziyod ijtimoiy soha obyektlari issiqlik taʼminoti va issiq suv bilan taʼminlandi. Jahon banki mablagʻlari hisobiga umumiy quvvati 110 megavatt boʻlgan uchta qozon ishga tushirilib, 27,5 kilometr uzunlikdagi issiqlik uzatish tarmogʻi toʻliq yangilandi.
— Ilgari uyimizni gaz bilan isitardik, bu xavfli, juda qimmatga tushardi, — deydi fuqaro Laylo Kosimova. — Oʻtgan yili issiqlik manbaiga ulangach, gaz va elektr uchun toʻlaydigan xarajatlarimiz ancha kamaydi. Masalan, uyni isitish uchun oldin bir mavsumda taxminan 1,5 million soʻm sarflasak, markazlashgan issiqlik tizimiga ulangandan soʻng bor-yoʻgʻi 322 ming soʻm toʻladik.
Modernizatsiya orqali aholi va ijtimoiy soha obyektlari tomonidan sarflanishi mumkin boʻlgan elektr energiyasi uch oyda 15 million kilovatt soatga tejaldi. Natijada 75 mingta xonadon elektr taʼminoti bilan taʼminlanmoqda. Tabiiy gazni 20 foizga iqtisod qilishga erishilmoqda.
Saminjon HUSANOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- 21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni
- Turkiy xalqlarning maʼnaviy yalovbardori
- Oʻz xalqini Siz kabi chin dildan sevadigan davlat rahbarini uchratmadim – “ACWA Power” kompaniyasi boshqaruvi raisi Muhammad Abunayyan
- Rossiya Osiyo grandni magʻlub etdi
- Imtiyozli shartlarda pensiyaga chiqish huquqini beruvchi roʻyxatni tuzish tartibi belgilandi
- Ish bilan bogʻliq baxtsiz hodisalar va kasbga oid kasalliklar haqidagi maʼlumotlarning yaxlit tizimi yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring