Isroilning Gʻazoga hujumlari oqibatida bir kun ichida 72 nafar falastinlik halok boʻldi
Soʻnggi 24 soat ichida Isroilning Gʻazo hududi boʻylab uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 72 kishi halok boʻldi, deb xabar bermoqda “Al Jazeera” nashri.
Unda aytilishicha, oxirgi bir kun ichida oʻldirilgan 72 nafar falastinliklar orasida insonparvarlik yordami tarqatish markaziga borgan mahalliy aholi vakillari ham boʻlgan.
Gʻazo hukumati bergan maʼlumotlarga koʻra, soʻnggi toʻrt hafta ichida kamida 549 nafar falastinlik gumanitar yordam markazlariga borgan vaqtda Isroil kuchlari tomonidan oʻqqa tutilgan va qurbon boʻlgan. 4 ming 66 nafar falastinlik esa turli darajadagi tan-jarohatlari olib shifoxonalarga yotqizilgan.
Soʻnggi maʼlumotlarda keltirilishicha, Isroilning Gʻazoga qarshi urushi davomida kamida 56 ming 259 nafar falastinlik halok boʻlgan. 132 ming 458 nafari esa turli darajadagi tan-jarohatlari olgan.
Avvalroq, ohirgi bir oy davomida Gʻazo hududidagi oziq-ovqat tarqatish joylariga qilingan hujumlar oqibatida halok boʻlganlarning yarmidan koʻpini bolalar tashkil qilgani haqida xabar berilgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring