Isroilning Gʻazoda falastinliklarni ommaviy va qasddan majburan koʻchirishi urush jinoyati hisoblanadi — “Human Rights Watch”

Foto: AFP
Xalqaro inson huquqlari tashkiloti sunʼiy yoʻldosh tasvirlari, Isroilning majburiy evakuatsiya boʻyicha buyruqlari va yuqori martabali Isroil rasmiylarining bayonotlarini tahlil qilib, Isroil hukumati Gʻazo aholisining oʻz hududlariga qaytishini ataylab doimiy ravishda imkonsiz qilib qoʻyayotganini koʻrsatdi.
“Isroil hukumati Gʻazoda falastinliklarni ommaviy va qasddan majburan koʻchirishga sabab boʻldi. Bu urush jinoyati hisoblanadi”, — deyiladi “Human Rights Watch” hisobotida.
Hisobotda aytilishicha, Isroil kuchlari Gʻazoning suv, kanalizatsiya, aloqa, energetika va transport infratuzilmasining koʻp qismini hamda maktab va kasalxonalarni hamda bogʻlar, dalalar va issiqxonalarni tizimli ravishda vayron qilgan.
Qamaldagi anklav boʻylab Isroil kuchlari tomonidan amalga oshirilgan keng koʻlamli vayronagarchiliklardan tashqari, “Human Rights Watch” Isroil Gʻazo shaharlarining katta hududlarini, jumladan, Rafahni vayron qilish va Isroil harbiy kirish yoʻllarini qurish orqali uchta “bufer zona”ni kengaytirishda davom etganini aniqladi.
Isroil harbiylari tomonidan Gʻazoning shimoliy va janubiy yarmini ikkiga boʻlib, sharqdan gʻarbga choʻzilgan yangi yoʻlning kengligi 4 km dan ortiqroq va bu Gʻazoning shimoli hamda janubiga kengayib bormoqda.
Isroilning bir qancha rasmiylari Gʻazo va Isroil oʻrtasida harbiy “bufer zonalari” zarur, deb daʼvo qilmoqda. Shundan keyin oʻtgan yilning 7-oktyabr kuni HAMAS hujumidan qoʻrqib, qochib ketgan janubiy isroilliklar oʻz uylariga qaytishlari mumkin.
2024-yilning aprel oyida Isroilning oʻta oʻngchi Moliya vaziri Betsalel Smotrich Rafah, Dayr al-Balah, Nuseyrat shaharlari yoʻq qilinishidan boshqa chora yoʻqligini bildirgan. Benyamin Netanyahu ham xuddi shunday bayonotlar bergan edi ammo Gaagadagi Xalqaro sud genotsid boʻyicha dastlabki ayblovlarni eʼlon qilganidan keyin u oʻz pozitsiyasini oʻzgartirib kelmoqda.
“Isroil Gʻazoni doimiy ravishda bosib olish yoki tinch aholini koʻchirish niyatida emas”, — degan edi Netanyahu.
“Human Rights Watch”ning bu hisoboti oʻtgan oy Falastinning uchta inson huquqlari boʻyicha tashkiloti Isroil muntazam ravishda Gʻazo shimolidagi aholini boʻshatib borayotgani haqidagi ogohlantirishdan keyin paydo boʻldi.
“Shimoliy Gʻazo aholisi agar ular oʻz hududidan chiqib ketsa, hech qachon uylariga qaytib kela olmasliklaridan qoʻrqishadi, chunki Isroilning tinch aholini noqonuniy koʻchirishi va Gʻazo shimolini anneksiya qilish orqali koʻchirish rejasi kundan-kunga oydinlashib bormoqda”, — deyiladi Falastin Inson huquqlari markazlari bayonotlarida.
Minglab isroillik koʻchmanchilar avval Gʻazo sektorida boshpanalar qurgan edi, biroq 2005-yilda Isroilning oʻsha paytdagi Bosh vaziri Ariel Sharon davrida aholi punktlari olib tashlangan. Endi esa isroillik siyosatchilar Gʻazo sektorida aholi punktlarini qurish boʻyicha konferensiyalar oʻtkazmoqda.
“Gʻazo azaldan ajdodlarimizning mulki. Biz buni yana qaytarmagunimizcha tinchimaymiz”, — degan Netanyahuning koalitsion hukumatidagilar.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda doimiy aholi soni har kuni necha kishiga oshyapti?
- Shahram Gʻiyosov tajribali raqibini muddatdan oldin magʻlub etdi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Samarqand yana bir nufuzli forumga mezbonlik qiladi
- Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring