Isroilning Bayrutga zarbasi haqida hozirgacha nimalar maʼlum?

14:43 31 Iyul 2024 Dunyo
238 0

Isroil Bayrutga amalga oshirilgan hujum oʻtgan haftaning shanba kuni Golan tepaliklariga qilingan hujum uchun javob zarbasi ekanligini va unda «Hizbulloh» qoʻmondoni Muhsin Shukr nishonga olinganini maʼlum qildi.

«Hizbulloh» manbalari Shukr hujumdan omon qolganini aytgan. Livan sogʻliqni saqlash vazirligining maʼlum qilishicha, hujum oqibatida bir ayol va ikki bola halok boʻlgan, oʻnlab odamlar yaralangan.

Aholi zich joylashgan mahalladagi nishonga olingan binolarning yarmi qulab tushdi va yaqin atrofdagi shifoxonaga ham zarar yetgan. Vayronalar ostida bedarak yoʻqolganlarni qidirish davom etmoqda.

Isroil Bayrutga oktyabrdan beri bir necha bora hujum qildi. Soʻnggi hujumlar esa 2006-yilda Isroil «Hizbulloh» oʻrtasidagi 34 kunlik urush paytida sodir boʻlgan.

«Hizbulloh» Isroilning har qanday hujumiga javob berishga vaʼda bergan boʻlsada, javob zarbasi darhol boʻlmasligi mumkin.

Oq uy matbuot kotibi Karine Jan-Pyer seshanba kungi hujum haqidagi savollarga javob berar ekan, Amerika Qoʻshma Shtatlari guruh va Isroil oʻrtasida keng koʻlamli urush boʻlishi muqarrarligiga ishonmasligini aytdi.

AQSH prezidenti Jo Bayden diplomatik yechim bilan buning oldini olishga umid borligini qoʻshimcha qilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер