Isroilda teraktga tayyorgarlik koʻrilganmidi?
Tel-Aviv yaqinidagi Bat-Yam shahrida 20-fevral kuni uchta avtobusda portlashlar sodir boʻlgan. Oʻsha paytda avtobuslar boʻsh boʻlib, hech kim jabrlanmadi. Bu haqda “The Times of Israel” xabar qildi.
Huquq-tartibot organlari bu yirik teraktga tayyorgarlik boʻlishi mumkin deb gumon qilmoqda.
Portlashlar avtobus toʻxtash joyi va deposida yuz berdi. Bundan tashqari, yana ikkita avtobusda joylashtirilgan portlovchi qurilmalar zararsizlantirilgan. Isroil politsiyasi avtobuslardan taymerlar topilganini maʼlum qilib, barcha portlashlar juma kuni ertalab bir vaqtning oʻzida sodir boʻlishi rejalashtirilganini taʼkidladi.
Mamlakat boʻylab jamoat transporti haydovchilariga avtobuslarni joʻnab ketishidan oldin tekshirish buyurilgan boʻlib, boshqa avtobuslarda ham bombalar boʻlishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring