Isroil va “Hizbulloh” yana kelisholmay qoldi

Foto: AP
Isroil oʻtgan hafta “Hizbulloh” bilan oʻt ochishni toʻxtatish kuchga kirganidan beri Livanga hujumlarini davom ettirar ekan, Livandagi alohida hujumlarda oʻn bir kishi, jumladan bir Davlat xavfsizlik xodimi halok boʻldi.
Dushanba kuni Isroilning havo hujumlari natijasida ikki kishi halok boʻlgan va “Hizbulloh” Isroil harbiy pozitsiyasiga qarshi hujum uyushtirgani ortidan sulh bitimi noaniqlik yoqasiga kelib qoldi. Livan Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Isroilning yangi havo zarbalari oqibatida kamida toʻqqiz kishi halok boʻlgan. Guruh esa dushanba kuni Livan oʻziniki, deb daʼvo qiladigan bahsli hudud Kfar Chouba tepaliklaridagi Isroil harbiy bazasiga hujum uyushtirgan.
“Hizbulloh” tomonidan maʼlum qilinishicha, Isroilning chorshanba kuni kuchga kirgan sulhni buzishlari ichida Livan boʻylab halokatli havo reydlari, janubdagi tinch aholiga qarata oʻq otish va Livan havo hududida, jumladan, poytaxt Bayrutda uchuvchisiz samolyotlar hujumi kiradi. Guruhning qoʻshimcha qilishicha, “Hizbulloh” javob zarbalarini tegishli organlarning ushbu qonunbuzarliklarni toʻxtatish haqidagi murojaatlari natija bermagani uchun boshlagan.
Livan Sogʻliqni saqlash vazirligiga koʻra, reydlar natijasida Livan janubidagi Xarisda besh va Tallusada toʻrt kishi, Marjayunni bombardimon qilish natijasida yana bir kishi halok boʻldi. Otashkesim barcha tomonlarni oʻt ochishga toʻxtatishga chaqirsa-da, Isroil deyarli har kuni Livanga qarshi hujumlar uyushtirmoqda. AQSH va Fransiya vositachiligida tuzilgan sulhga koʻra, Isroil harbiylari 60 kun ichida Livanni tark etishi, “Hizbulloh” esa Isroil bilan chegaradan uzoqlashib, Litani daryosining shimoliga oʻtishi kerak edi.
“Hizbulloh” Isroil harakatlarini kelishuvning buzilgani bilan belgilaydi. Biroq Vashington dushanba kuni sulh bitimiga ishonch bildirdi. AQSH Davlat departamenti matbuot kotibi Metyu Miller ushbu kelishuv ikki oy oldin roʻy bergan yoʻqotishlarning oʻrnini bosishiga yordam berishini aytdi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring