Isroil va HAMAS kelishuvga erishdi
“Al Jazeera” nashrining maʻlum qilishicha, Isroil va HAMAS muzokaralarining birinchi qismi yakunlandi va ular asirlarni almashish, oʻt ochishni toʻxtatishga kelishib olgan.
Isroilning AQSHdagi elchisi Yechiel Leiter HAMAS yigʻilishdan soʻng 72 soat ichida asirlarni ozod qilishini aytgan. Elchining aytishicha, Isroil xavfsizlik mahkamasi bugun falastinlik mahbuslar roʻyxatini tuzadi.
Jarayon shunday davom etsa, isroillik asirlar ham yakshanba yoki dushanba kuni ozod etilishi mumkin. Elchi Yechiel Leiter CNNga bergan intervyusida aytadiki, oʻt ochishning toʻxtashi urushning butunlay tugashiga umid uygʻotsada HAMAS tomonidan shartlarning qanchalik bajarilishiga bogʻliq boʻlib qolaveradi.
Isroil armiyasi Gʻazo boʻyicha kelishuvni amalga oshirish uchun operativ tayyorgarlikni boshlagan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markaziga kirish narxlari eʼlon qilindi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
- MIB direktoriga yangi oʻrinbosar tayinlandi
- Toshkent – Samarqand pullik yoʻli qurilishi 2 milliard dollardan ziyodga baholanmoqda
- Toshkentda tunnel devori oʻpirilib tushdi
- Bir asrlik tarixga guvoh bino taqdiri
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring