Isroil Qatar poytaxtiga zarba berdi
Isroil HAMASning Qatar poytaxti Dohadagi yuqori martabali rahbarlarini nishonga oldi. Bu haqda AFP va “Reuters” axborot agentligi xabar bermoqda. Isroil rasmiylari hujumni tasdiqlagan.
HAMAS rasmiysining BBCga aytishicha, HAMAS muzokaralari delegatsiyasi Dohadagi uchrashuvida nishonga olingan. Maʼlumotlarga koʻra, delegatsiyaning turar-joy binolari hujumga uchragan.
Qatar tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Isroil zarbasini qoralagan.
“Qatar davlati ushbu hujumni keskin qoralaydi va Isroilning bu beparvo xatti-harakatiga, mintaqa xavfsizligiga doimiy ravishda aralashib, uning xavfsizligi va suverenitetiga qaratilgan har qanday harakatga toqat qilmasligini tasdiqlaydi”, — deyiladi bayonotda.
Poytaxt Dohaning ayrim hududlari tutun ostida qolgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring