Isroil Madrimovning Terens Kroufordga qarshi janggi “yilning eng yaxshi janggi” boʻlishi mumkin
Taniqli “The Ring” jurnali bir nechta nominatsiya boʻyicha 2024-yilning eng yaxshi janglarini aniqlamoqda. Nomzodlar orasida oʻzbekistonlik professional bokschilar ishtirokidagi janglar ham oʻrin olgan. Bu haqida Oʻzbekiston professional boks federatsiyasi xabar berdi.
Unga koʻra, super yarimoʻrta vazn toifasidagi charm qoʻlqop ustamiz Isroil Madrimovning amerikalik mashhur Terens Kroufordga qarshi chempionlik himoya jangi yilning eng yaxshi oqshomi nominatsiyasiga kiritilgan. Jangda Krouford hakamlarning bahsli qarori bilan ochkolar hisobiga koʻra Madrimovdan ustun kelgan edi.
Bundan tashqari, bokschimiz Otabek Xolmatov ishtirokidagi jang ikkita nominatsiya boʻyicha yilning eng yaxshisi deb topilishi mumkin.
Yarimengil vazn toifasidagi Otabek Xolmatovning WBA kamari yoʻlida amerikalik Raymond Fordga qarshi oʻtkazgan bahsi yilning eng yaxshi raundi va yilning eng yaxshi jangi nominatsiyasida nomzod sifatida koʻrsatilgan.
Ushbu jangda Otabek Xolmatov toʻliq 11 raund raqibidan ustun kelgan. Afsuski, Raymond Ford hamyurtimizni 12-raundning soʻnggi soniyalarida texnik nokaut evaziga magʻlub etgan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring