Isroil Madrimov keyingi jangi ham kamar uchun bo‘lishini aytdi
Super yarim o‘rta vazn toifasida sobiq WBA chempioni Isroil Madrimov keyingi rejalari bilan o‘rtoqlashdi.
Keyingi jangim ham kamar uchun bo‘ladi, faqat boshqa yo‘nalishda. O‘shanda Krouford jang tugaganidan keyin jamoasi bilan kelib, jang uchun rahmat aytgandi. Chunki u 8 yildan buyon 12 raundlik jang o‘tkazmagan edi. Keyingi janglarimga omad tiladi va iste’dodli ekansan, dedi.
U bilan faqatgina ringda raqibmiz, undan tashqarida esa yaxshi hamkasb bo‘lib oldik, desam ham bo‘ladi. Bu jangimda boshqalariga qaraganda o‘zimni ancha yaxshi his qildim. Balki, orzuimdagi jang bo‘lganligi uchun shunday bo‘lgandir, dedi Madrimov.
Aytish joiz, Madrimovning Terens Kroufordga qarshi jangi 4-avgust kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tgandi. Jang amerikalik bokschining ochkolar hisobiga (115-113, 115-113, 116-112) ko‘ra g‘alabasi bilan yakunlangan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring