Isroil Madrimov AQSHda AQSHlik hakamlar natijani hisoblagan jangda Terens Kroufordga magʻlub boʻldi

Oʻzbekiston boksida yangi sahifa 4-avgust tongida AQSHning Los-Anjeles shahrida katta professional boks oqshomida ochildi. Ushbu oqshomning markaziy jangida Isroil Madrimov hamda amerikalik Terens Krouford birinchi oʻrta vazn toifasida WBA kamari uchun toʻqnash keldi.
Toʻliq 12 raund davom etgan jang yakunda hakamlar ochkolar evaziga (116-112, 115-113, 115-113) Terens Kroufordning gʻalabasini eʼlon qildi. Qayd etish kerakki, 2 ta hakam AQSHlik, bitta hakam yesa kanadalik edi.
Maʼlumot uchun aytish mumkinki, Terens Krouford professional ringda oʻtkazgan 40 ta jangining barchasida gʻalaba qozongan. Gʻalabalarining 31 tasiga nokaut orqali erishgan edi. Isroil Madrimov aslida raqib qanday boʻlishi kerakligini koʻrsatib qoʻya oldi.
Shu tariqa super yarim ogʻir vaznda chempion nomi oʻzgarmoqda. Jangdan soʻng AQSHlik bokschi Madrimovni oʻzi uchratgan eng kuchli raqiblardan boʻlganini va 12 raund “tinchlik” bermaganini bildirdi. Isroil esa jangda toʻliq ustunlik qilganini, bunday bahoni kutmaganini bildirgan.
Isroil Madrimov revansh soʻradi. Hozircha bu sodir boʻlish yoki boʻlmasligi nomaʼlum, ammo yana bir jang uchun asoslar yetarli.
“Xalq soʻzi” yurtdoshimizga keyingi janglarida omad tilaydi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Ish haqi, pensiya, nafaqa va stipendiyalar miqdori 10 foizga oshiriladi
- Olimlar Alsgeymer kasalligidan himoya qiluvchi parhez haqida maʼlumot berishdi
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Dollar kursi oshishda davom etmoqda
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- Oʻzgarishlarni soʻz bilan uygʻotgan jurnalist
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring