Isroil Livanni “tosh davriga” qaytarish bilan tahdid qildi
Isroil mudofaa vaziri Yoav Gallant Vashingtonda jurnalistlar bilan boʻlgan uchrashuvda Livanga katta zarar yetkazishi mumkinligidan ogohlantirdi.
“Biz urushni xohlamaymiz, lekin har bir ssenariyga tayyorlanyapmiz. “Hizbulloh” agar urush boshlansa, Livanga katta zarar yetkazishimiz mumkinligini juda yaxshi tushunadi. Isroil Livanni tosh davriga qaytarishga qodir, lekin biz buni xohlamaymiz”, degan Gallant.
Bosh vazir Benyamin Netanyahu Livan bilan chegarada keskin operatsiyaga tayyorlanayotganini maʼlum qilib kelmoqda. Oʻz navbatida “Hizbulloh” rahbari Hasan Nasrulloh ham agar Isroil keng koʻlamli urush boshlasa, hech qanday cheklovlarga qarab oʻtirmasligini taʼkidlagan.
Amerika Qoʻshma Shtatlari Mudofaa vaziri Lloyd Ostin seshanba kuni Gallantga “Hizbulloh” bilan urush Yaqin Sharq uchun dahshatli oqibatlarga olib kelishi mumkinligini aytib, diplomatik yechim topishga chaqirdi.
Livan Milliy axborot agentligi 26-iyun kuni Isroilning chegara yaqinidagi hududlarga 10 ga yaqin hujum amalga oshirganini, shuningdek, Isroil harbiy pozitsiyalariga oltita hujum uyushtirganini maʼlum qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring