Isroil kuchlari un olish umidida toʻplangan 92 nafar falastinlikni otib oʻldirdi

10:05 21 Iyul 2025 Jamiyat
247 0

Kecha, 20-iyul kuni Isroil kuchlari insonparvarlik yordami soʻragan 92 nafar falastinlikni otib oʻldirdi, deb xabar bermoqda “Al Jazeera” nashri.

Maʼlumotlarga koʻra, oʻldirilgan mahalliy aholi vakillarining 79 nafari Gʻazoning shimoliy qismida, 13 nafari esa janubiy qismidagi insonparvarlik yordamlari tarqatish markazlariga borgan vaqtda hujumga uchragan. Aniqlanishicha, mahalliy aholi vakillari BMTning yordam tarqatish punktiga un olish umidida toʻplangan boʻlgan.

Isroil hujumidan omon qolgan falastinlik Rizeq Betaar bir yaradorni kasalxonaga olib borishda yordam berib, hududdagi vaziyat haqida gapirdi.

“Biz bir yigitni yerda yotganini koʻrdik va zudlik bilan velosiped yordamida kasalxonaga olib bordik. Tez yordam mashinalari, oziq-ovqat yoʻq. Yashash uchun boshqa imkon koʻrmayapmiz”, — deydi Betaar.

Gʻazo sogʻliqni saqlash idoralari bergan maʼlumotlarga koʻra, Isroilning Gʻazoni qamal qilishi mahalliy aholi orasida ochlik inqirozini avj olishiga sabab boʻlmoqda. Jumladan, soʻnggi 24 soat ichida 19 nafar falastinlik ochlik oqibatida vafot etgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер