Isroil kuchlari Gʻazodagi tinch aholi boshpanalariga hujum qilishi oqibatida 8 nafar falastinlik halok boʻldi

12:35 13 Iyul 2025 Dunyo
198 0

Isroil kuchlarining Gʻazoni bombardimon qilishi oqibatida 8 nafar falastinlik halok boʻldi, deb xabar bermoqda “Al Jazeera” nashri.

Unda aytilishicha, Isroil harbiy kuchlari janubiy Al-Mavasi shahridagi evakuatsiya qilingan odamlar joylashgan boshpanalarga zarba bergan. Mazkur hujumlar oqibatida kamida 3 nafar falastinlik halok boʻlgan. Oʻnlab insonlar turli darajadagi tan jarohatlari olib, shifoxonalarga yuborilgan.

Bundan tashqari, Isroil kuchlarining Gʻazo shahridagi Hamid koʻchasida joylashgan turar-joy binosiga uyushtirgan hujumi oqibatida yana besh nafar falastinlik qurbon boʻlgan.

Gʻazo Sogʻliqni saqlash vazirligi maʼlumotlariga koʻra, Isroilning Gʻazoga qilgan bosqinlari oqibatida kamida 57 ming 882 nafar falastinlik halok boʻlgan. 138 ming 95 kishi esa turli darajadagi tan jarohatlari olib shifoxonalarga yotqizilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?