Isroil kuchlari Gʻazodagi tinch aholi boshpanalariga hujum qildi, oʻnlab qurbonlar, yuzdan ortiq jarohatlanganlar bor

Kecha, 23-aprel kuni Isroil qoʻshinlarining Gʻazoga hujumi oqibatida kamida 45 kishi halok boʻldi, deb xabar bermoqda “Al Jazeera” nashri.
Taʼkidlanishicha, Isroil harbiylarining chorshanba oqshomida Gʻazo aholisining boshpanalariga hujum uyushtirishi oqibatida 45 nafar falastinlik halok boʻlgan. 100 dan ortiq aholi vakillari turli darajadagi tan jarohatlari olib, shifoxonalarga yotqizilgan.
“Al Jazeera” nashrining tibbiy manbalari xabariga koʻra, Isroil askarlarining Gʻazoga uyushtirayotgan tungi va tonggi hujumlari oqibatida halok boʻlganlar soni kundan-kunga ortib bormoqda.
Avvalroq, Birlashgan Millatlar Tashkilotining yuqori martabali vakillari Isroil hukumatining Gʻazodagi maktab, shifoxona hamda mahalliy aholi boshpanalariga qilayotgan hujumlarini qoralab, bu harakatlarni insoniyatga qarshi jinoyat sifatida baholagan edi.
Bundan tashqari, BMT Isroil hukumatini Gʻazo aholisining omon qolishi uchun zarur boʻlgan birlamchi ehtiyojlaridan mahrum qilayotganini aytib, bu harakatlarni keskin qoralagan.
Maʼlumot uchun, Isroil uzoq vaqtdan buyon koʻplab insonparvarlik yordamlari, jumladan, oziq-ovqat, dori-darmon, tibbiy buyumlar hamda birlamchi ehtiyoj uchun zarur boʻlgan boshqa turdagi mahsulotlarning Gʻazo hududiga kirishiga taqiq qoʻyib kelmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Milliy sertifikat imtihoni natijalari 21 ish kuni ichida e’lon qilinadi — Bilimni baholash agentligi
- Yana bir bozor auksionga qoʻyildi
- Ichki ishlar vaziri Buxoro viloyati IIBning 10 ga yaqin rahbarini ishdan boʻshatdi
- Oʻzbekiston pasporti xalqaro indeksda past natija qayd etdi
- Yangi hafta avvalida qanday ob-havo kuzatilishi maʼlum qilindi
- “Qutadg‘u bilig” dostoni qo‘lyozmasining faksimile nusxasi yaratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring