Isroil hujumiga Eronning javob zarba berish rejasi tayyor — “The New York Times”
Foto: AP
Eron Isroil tomonidan hujum sodir etilgan taqdirda yahudiy davlatiga yuzlab ballistik raketalardan foydalangan holda javob zarbasi berish rejasini ishlab chiqqan.
Bu haqda AQSHning “The New York Times” gazetasi yuqori martabali Eron rasmiysiga tayanib xabar tarqatdi.
“Eron harbiylari va hukumat amaldorlari Isroilning ehtimoliy zarbasiga javob choralarini muhokama qilish uchun allaqachon uchrashishgan. Tehron Isroilga yuzlab ballistik raketalardan foydalangan holda zudlik bilan qarshi hujumni oʻz ichiga olishi mumkin boʻlgan javob rejasini ishlab chiqqan”, — deyiladi nashr xabarida.
“CBS News” telekanali amerikalik manbalarga tayanib, avvalroq Isroil Eronda harbiy operatsiya boshlashga toʻliq tayyor ekanini xabar qilgan edi. Shu bilan birga, Vashington Eron AQSHning Iroqdagi ayrim obyektlariga javob zarbasi berishi mumkinligini kutayotgani qayd etildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekiston xalqiga Yangi yil tabrigi
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring