Isroil harbiylari Gʻazodagi jurnalistlar chodirini bombardimon qildi, qurbonlar bor
Isroil harbiylari Gʻazoga zarba berib, Xon Yunis hududida joylashgan jurnalistlar chodirini bombardimon qildi. Bu haqida “Al Jazeera” nashri xabar berdi.
Unga koʻra, 7-aprel, dushanba kuni tongda Isroil harbiy samolyotlari Xon Yunisdagi jurnalistlar uchun moʻljallangan chodirni oʻqqa tutgan. Mazkur hujumlar oqibatida kamida ikki kishi halok boʻlgan, yetti nafari esa turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Vafot etganlardan biri Gʻazodagi yangiliklarni yoritib boruvchi jurnalist Helmi al-Faqavi ekanligi oydinlashgan.
Rasmiylarning taʼkidlashicha, 2023-yilning oktabr oyidan buyon Isroilning Gʻazoga uyushtirgan hujumlari oqibatida halok boʻlgan ommaviy axborot vositalari xodimlari soni jurnalist Helmi al-Faqavi oʻldirilganidan keyin 210 nafarga yetgan.
“Uotson” nomidagi Xalqaro va jamoatchilik bilan aloqalar instituti joriy yilning 1-aprel kuni eʼlon qilgan hisobotiga koʻra, Isroil kuchlari tomonidan 2023-yil 7-oktyabrdan beri 232 nafar jurnalist oʻldirilgan.
Mazkur hisobotda Isroilning Gʻazoga qarshi urushi ommaviy axborot vositalari xodimlarining vafot etishi bilan bogʻliq eng halokatli mojaro sifatida qayd etilgan.
Taʼkidlanishicha, Gʻazoda oʻldirilgan jurnalistlar soni ikkinchi jahon urushi, Vyetnam urushi, Yugoslaviyadagi urushlar hamda AQSHning Afgʻonistondagi urushida halok boʻlgan jurnalistlar sonidan ham ortib ketgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring