Isroil Gʻazoga 60 ming zaxiradagi askarni chaqirmoqda
Isroil Gʻazoda keng koʻlamli harbiy operatsiya uchun 60 ming nafar zaxiradagi askarni safarbar etmoqda. Bu haqda mamlakat mudofaa vaziri Isroil Kasning qarorini mahalliy OAVlar yozmoqda. Shuningdek, yana 20 mingga yaqin harbiy xizmatchining xizmat muddati uzaytiriladi.
Maʼlumotlarga koʻra, Gʻazo operatsiyasida ishtirok etgan zaxiradagilar soni taxminan 130 ming nafarga yetgan.
Isroil armiyasi vakillari taʼkidlashicha, shaharga toʻgʻridan-toʻgʻri hujumda asosan doimiy harbiylar qatnashadi. Ayni paytda Isroil qoʻshinlari Gʻazo atrofida — xususan, Al-Saitun va Jabaliya hududlarida joylashtirilgan.
Shu bilan birga, Isroil hukumati Iordan daryosining Gʻarbiy qirgʻogʻida aholi punktlari qurishga oid bahsli loyihani ham maʼqulladi. Loyiha hududni shimol va janubga ajratishni koʻzda tutadi. Bu esa yagona Falastin davlatini barpo etish jarayonini yanada qiyinlashtirishi mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring