Isroil Gʻazoda quruqlikdan operatsiya boshladi
Foto: AP
Isroil Gʻazo sektorida quruqlikdagi manevrlar koʻlamini kengaytirmoqda, deb yozmoqda “The Times of Israel” Isroil mudofaa kuchlari matbuot kotibi Daniel Agariga tayanib.
Uning aytishicha, Isroil harbiylar soʻnggi bir necha soat ichida Gʻazo sektorida havo hujumlarini kuchaytirdi va quruqlikdagi operatsiyalarni davom ettiradi.
“Havo kuchlari yer osti nishonlariga juda kuchli zarbalar bermoqda”, dedi. Shu oʻrinda u va quruqlikdagi kuchlar bugun tunda oʻz faoliyatini kengaytirishini qoʻshimcha qildi.
Hagar soʻnggi ikki kun ichida Iroil armiyasi piyoda qoʻshinlari va tanklari Gʻazo sektorida cheklangan reydlar oʻtkazganini taʼkidladi.
Gʻazo sektoridagi qarama-qarshilik shu yilning 7-oktyabr kuni boshlandi. Shu kuni ertalab HAMAS Isroilga qarshi “Al-Aqsa toʻfoni” deb nomlangan harbiy operatsiya boshladi va havodan zarbalar berdi. Minglab jangarilar yahudiylar davlati hududiga bostirib kirib, oʻnlab harbiy texnika va yuzdan ortiq insonni garovga olgan.
Shu fonda Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxu mamlakat urush holatida ekanligini eʼlon qildi. Isroil mudofaa kuchlarining javob operatsiyasi “Temir qilichlar” deb ataldi va uning maqsadlaridan biri HAMASni yoʻq qilish hisoblanadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring