Isroil Damashqdagi prezident saroyi yaqiniga havo hujumi uyushtirdi

2-may kuni Isroil Suriyaning poytaxti Damashqdagi prezident saroyi yaqiniga havo hujumi uyushtirdi. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va mudofaa vaziri Israel Kas tomonidan berilgan qoʻshma bayonotda eʼlon qilindi.
“Reuters” agentligi keltirgan maʼlumotlarga koʻra, hujum Suriya rejimiga aniq signal boʻlib, Damashq janubida harbiy kuchlar joylashtirilishiga va druzlar jamoasiga tahdid solinishi holatiga yoʻl qoʻyilmasligi taʼkidlandi.
Bu Isroilning soʻnggi kunlar ichida Suriyaga uyushtirgan ikkinchi zarbasi boʻldi. Agentlik Isroilning bu harakatlarini Suriyadagi vaqtinchalik prezident Ahmad ash-Sharaaga nisbatan chuqur ishonchsizlik belgisi sifatida talqin qilmoqda. Hujumlar fonida Suriya poytaxti atrofida davom etayotgan notinchlik Isroil va mintaqaviy xavfsizlik uchun jiddiy xavotir uygʻotgan.
AQSH Davlat departamenti vakili Temmi Bryus 1-may kuni bergan bayonotida Suriyadagi druzlar ozchiligiga nisbatan zoʻravonlik va nafratga asoslangan ritorikani keskin qoraladi. AQSH Damashqdagi vaqtinchalik hukumatni harbiy harakatlarni toʻxtatishga va aybdorlarni javobgarlikka tortishga chaqirdi. Rasmiy Vashington barcha suriyaliklarning xavfsizligini taʼminlash zarurligini alohida qayd etdi.
Shu bilan birga, AQSHning Suriyaga nisbatan diplomatik aloqalari davom etmoqda. 1-may kuni AQSH vakillari BMT shtab-kvartirasida Suriyaning tashqi ishlar vaziri Asad Hasan ash-Shibani bilan uchrashdi. Bu uchrashuvda AQSH Suriyaga mamlakatdagi vaziyatni barqarorlashtirishga qaratilgan siyosat yuritishni tavsiya etdi, deya xabar bermoqda AFP agentligi.
Damashq atrofida, xususan, shahar atrofi Sahnaya hududida 29-aprelga oʻtar kechasi hukumatparast kuchlar va druz jangchilari oʻrtasida toʻqnashuvlar boshlandi. Suriyada inson huquqlari boʻyicha kuzatuv tashkiloti maʼlumotiga koʻra, ikki kunlik janglar davomida 100 dan ortiq kishi halok boʻlgan.
Eslatib oʻtamiz, druzlar — arab tilida soʻzlashuvchi etno-diniy guruh boʻlib, ular asosan Suriya, Livan, Isroil va Iordaniyada istiqomat qiladilar. Mintaqadagi ijtimoiy va siyosiy keskinlik fonida ularning xavfsizligi xalqaro hamjamiyat eʼtiborida qolmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
- Prezident Ismoil Joʻrabekov vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
- Oʻzbekiston va Turkmaniston: barqaror rivojlanish yoʻlidan borayotgan davlatlar
- Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qoʻllab-quvvatlanadi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring