Isroil armiyasi Gʻazo shahrining 40 foizini nazoratga olganini maʼlum qildi
Foto: AP
Isroil mudofaa armiyasi (SAXAL) Gʻazo shahri hududining 40 foiz qismi ustidan nazorat oʻrnatdi. Bu haqda SAXAL rasmiysi Efi Defrin maʼlum qildi, deya xabar bermoqda DW.
“Operatsiya yanada kengayib, kuchayadi. Biz HAMAS aʼzolarini har yerda qidirishda davom etamiz”, — dedi Defrin.
Unga koʻra, hozirda SAXAL boʻlinmalari Zeytun va Shayx Radvon tumanlarida harakat qilmoqda. Missiya garovda qolgan fuqarolar toʻliq ozod etilguncha va HAMAS hokimiyati yoʻq qilinmaguncha yakunlanmaydi.
Eslatib oʻtamiz, Isroil armiyasi 20-avgust kuni Gʻazo shahriga hujum boshlagan, 29-avgustdan esa shahar “jang xavfi yuqori hudud” deb eʼlon qilingan edi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- AQSH va Britaniya Suriya muvaqqat prezidenti Axmad ash-Sharʼani “qora roʻyxat”dan chiqardi
- G20 sammitining Janubiy Afrikada oʻtkazilishi sharmandali holat – Tramp
- “Oltin kuz” II Xalqaro kamer va simfonik musiqa festivali boʻlib oʻtadi
- Mashinada xavfsizlik kamarini taqish mumkin boʻlmagan kasalliklar roʻyxati tasdiqlanadi
- Oʻzbekiston U-17 terma jamoasi Jahon chempionatidagi ikkinchi oʻyinida magʻlub boʻldi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasining xalqaro musobaqa uchun qaydnomasi eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring