Ispaniyadagi yongʻinlar 50 ming gektar oʻrmonni yoʻq qildi, 3 kishi halok boʻldi
Ispaniyaning turli hududlarida avj olgan yongʻinlar natijasida taxminan 50 ming gektar oʻrmon maydoni vayron boʻldi. Bu haqda TASS xabar berdi.
Maʼlumotlarga koʻra, Kastiliya va Leon hududida yongʻinlarga qarshi kurash kuchli shamol va quruq chaqmoqlar sabab qiyinlashgan. Leon viloyatida yongʻin tufayli taxminan 8 ming kishi evakuatsiya qilingan.
Mahalliy OAV yozishicha, yongʻinlar oqibatida 3 kishi halok boʻlgan, yana 20 nafar kishi tan jarohati olgan.
Avvalroq Ispaniya hukumati yongʻinlarni oʻchirishda yordam berish uchun Yevropa Ittifoqiga murojaat qilgan edi. Javoban YI ikkita samolyot joʻnatishini maʼlum qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring