Ispaniya parlamentini tarqatib yuborishga qaror qilindi
Foto: Reuters
Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches parlamentni tarqatib yuborish va saylovlarni 23-iyulga tayinlashga qaror qildi.
Ispaniya bosh vaziri Pedro Sanches parlamentni tarqatib yuborishi va mamlakatda yakshanba kungi munitsipal va mintaqaviy saylovlar natijalariga koʻra 23-iyul kuni muddatidan oldin umumiy saylovlar oʻtkazilishini maʼlum qildi. Bu haqda "Reuters" xabar bermoqda.
"Men davlat rahbari qirol Filipp VIga Bosh kortesni (Ispaniya parlamenti) tarqatib yuborish maqsadida Vazirlar Kengashi yigʻilishini chaqirish toʻgʻrisida qaror qabul qilingani haqida maʼlum qildim", dedi siyosatchi.
Aksariyat hududlarda oʻtgan oxirgi saylov natijalariga koʻra, Pedro Sanches boshchiligidagi Ispaniya sotsialistik ishchilar partiyasi konservativ "Xalq partiyasi"ga magʻlub boʻldi.
2019-yilda ham Ispaniya parlamentni tarqatib yuborilgandi va muddatidan oldin saylovlar oʻtkazilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring