Ismoil Joʻrabekov bilan intervyu chop etildi
Uzoq tanaffusdan soʻng “Xalq soʻzi”ga Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan irrigator, suv xoʻjaligi sohasining yirik mutaxassisi Ismoil Joʻrabekov eksklyuziv intervyu bergani haqida xabar bergandik.
Soha faxriysi oʻz suhbatida Orol dengizi qanday va nima uchun qurigani, bu fojiaga olib kelgan tushunarsiz qarorlar, dengiz “taqdiri”ni hal etishda muhim ahamiyat kasb etgan xatolar, shuningdek, boy berilgan ulkan koʻlni tiklash mumkinmi yoki yoʻq ekanligi xususidagi fikrlari bilan oʻrtoqlashdi.
“Qachondir kattaligi boʻyicha dunyoda toʻrtinchi oʻrinda turgan koʻl deyarli yoʻqoldi, uning oʻrnida esa maydoni 5,5 million gektardan iborat sahro — Orolqum paydo boʻldi. Shamol bu yerdan yiliga yuz million tonnagacha qum va tuzni koʻtarib, yuzlab kilometrga uchiradi. Bu, ayniqsa, Orolboʻyida yashab kelayotgan tub aholi uchun nihoyatda ogʻir sharoit tufayli yuzaga kelgan katta sinovdir. Aholi, birinchi galda, davlat tomonidan koʻrsatiladigan yordam va koʻmakka juda muhtoj”, dedi Joʻrabekov intervyu vaqtida.
Intervyuning toʻliq koʻrinishi bilan “Xalq soʻzi” gazetasining 6 fevral kungi sonida tanishib olishingiz mumkin boʻladi.

Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring